1

O`zbekiston bojxona qo`mitasi raisining BAAga tashrifi arab mamlakati OAVsida keng yoritilmoqda

Dunyo 24.05.2022, 10:09
O`zbekiston bojxona qo`mitasi raisining BAAga tashrifi arab mamlakati OAVsida keng yoritilmoqda

Davlat bojxona qo`mitasi Raisi Akmalxo`ja Mavlonov bir muddat avval Birlashgan Arab Amirliklarida bo`ldi. Qo`mitasi raisining BAAga tashrifi mazkur arab mamlakati OAVsida keng yoritilmoqda.

Xususan, "Dubay bojxonasi O`zbekiston delegasiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda” deb yozmoqda  rasmiy va nufuzli WAM – Amirliklar axborot agentligi.

"Biz o`zaro savdoni rivojlantirish, bilim va tajriba almashishga ko`maklashish maqsadida do`st davlatlar bojxona tashkilotlari bilan aloqalarimizni kengaytirish ustida astoydil harakat qilamiz" - deydi maqolada Dubay bojxona boshqarmasi bosh direktori, Portlar, bojxona va erkin zonalar korporasiyasi bosh direktori Ahmed Mahbub Musabih.

Shardjadagi nufuzli “Gulf Today” gazetasi esa BAAning nufuzli “DP World” kompaniyasi va O`zbekiston Respbulikasi Davlat bojxona qo`mitasi o`rtasida erishilgan kelishuvlarga yuqori baho berdi.  

Maqolada O`zbekiston delegasiyasining  Dubay bojxonasi va  Jebel Ali portiga tashrifi tafsilotlariga alohida to`xtalib o`tilgan.

Ma`lumotga ko`ra, mazkur gazeta BAAda keng formatda chop etiladigan eng yirik 4 gazetaning biri hisoblanadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1