1

Toshkent aeroportida qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol qo`lga olindi

Jamiyat 24.05.2022, 10:46
Toshkent aeroportida qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol qo`lga olindi

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir holat aniqlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 16 may kuni Andijon viloyati IIB Transportda XTB boshlig`i nomiga 1997 y.t. Andijon viloyati Andijon shahar Maxjuriy ko`chasida yashovchi, M.M. ariza bilan murojaat qilib, Andijon viloyati Jalaquduq tumani «Yangichek» mahallasida yashovchi «S» ismli ayol noqonuniy ravishda Turkiya davlatiga yosh qiz va juvonlarni o`zi bilan olib borib fohishalik qilish orqali ko`p miqdorda pul topishga, uy joy hamda mijozlar bilan ta`minlashga qiziqtirib, boshqa shaxslarga sotib yuborayotganligini ma`lum qilgan va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Shundan so`ng, 17 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida «S» ismli ayol ushbu kuni soat 07:40larda «Toshkent-Istanbul» yo`nalishidagi Turkiya davlatiga ketish maqsadida fuqaro M.M. bilan birga samolyotga chiqish uchun ro`yxatdan o`tgan vaqtida ushlangan. Shaxsi surishtirilganida, u 2001 y.t. Andijon viloyati Jalaquduq tumani «Yangichek» mahallasida yashovchi M.S. ekanligi, uning yonlari ikki nafar xolislar ishtirokida qo`l sumkasi ko`zdan kechirilganida 1 dona G7 Samsung telefoni, 1 dona A-213 Samsung telefoni, 1 dona M.M. nomiga rasmiylashtirilgan chipta, 3 dona «Toshkent-Istanbul» yo`nalishi bo`yicha aeroportdan ro`yxatdan o`tganligi haqidagi o`rindiqlar varaqasi, 3 dona fuqaro M.M., o`ziga hamda farzandiga tegishli bo`lgan chet elga chiqish pasporti, fuqarolik pasporti, farzandining tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi, «Covid-19» tahlil ma`lumotlari borligi aniqlanib, kelgusida ushbu hujjatlar daliliy ashyo bo`lishini inobatga olinib tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1