1

Kosonsoyda voyaga etmagan bola ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 24.05.2022, 13:31
Kosonsoyda voyaga etmagan bola ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

2022 yil 20 may kuni soat 14:45 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani Kushon MFY Hurriyat ko`chasida yashovchi 2008 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan bola (tumandagi 5-sonli maktabning 7-sinf o`quvchisi) "Vaz-2106" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`lning o`ng chetida ketayotgan piyoda, 2008 yilda tug`ilgan X.B.ni urib yuborganligi yuzasidan xabarlar tarqalgan edi. YTH natijasida, piyoda X.B. og`ir tan jarohatlari olganligi sabab shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma`lumot berdi. Xabarda kelitirilishicha, mazkur YTH yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda YHXX barcha ota-onalardan voyaga etmagan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega bo`lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini so`ragan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1