Amerikaning «Starbucks» kompaniyasi 15 yillik muvaffaqiyatli biznes va 130 ta kafe markazlarini ochganidan so`ng Rossiyadagi faoliyatini to`xtatishga qaror qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, qahvaxonalar tarmog`ining 2000 ga yaqin rossiyalik xodimlari olti oy davomida maosh olishda davom etadi va ularga yangi ish topishda yordam beriladi.
Rossiya sektoriga 1 foizdan kamroq foyda keltirgan «Starbucks» Moskvaga qarshi e`lon qilingan sanksiyalarga qo`shilgan.






