O`zbekistonda “Inson qadri” onlayn platformasi ishga tushirildi

Jamiyat 25.05.2022, 00:43
O`zbekistonda “Inson qadri” onlayn platformasi ishga tushirildi

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda "Inson qadri" onlayn portal ishlab chiqilgan.  Bu haqda “Inson qadri” onlayn platformasi hamda “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to`plami taqdimotlariga bag`ishlangan xalqaro tadbirda xabar berildi.  

Endilikda aholi «davlatdasturi.uz» onlayn platformasi orqali Davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan batafsil tanishishlari, shuningdek, tegishli yo`nalish va unda amalga oshirilishi belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o`z fikr, taklif va e`tirozlarini bildirishlari ham mumkin bo`ladi.

Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining ijrosi to`g`risidagi ma`lumotlarni keng jamoatchilik tomonidan kuzatib borish imkonini yaratish maqsadida portal ma`lumotlari muntazam yangilanib boriladi.

Shu bilan birga, platformada Davlat dasturining har bir bandining ijro holatini ko`rsatib o`tish imkoniyati yaratilgan. Mazkur imkoniyatlar tegishli davlat organlarining Davlat dasturining ijrosi bo`yicha mas`uliyati va hisobdorligini oshiradi.

Eng muhimi, portalda amalga oshirilgan islohotlarni o`z hayotida his qilishi kerak bo`lgan fuqarolarda ijro holati bo`yicha o`z munosabatlarini foto, video yoki elektron hujjatlarni yuklash orqali ham jo`natish imkoniyati yaratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1