1

Eldor Tulyakov: "Qishloq xo`jaligi xodimlarining daromadini kamida 2 baravarga oshirish maqsad qilingan"

Jamiyat 25.05.2022, 14:21
Eldor Tulyakov: "Qishloq xo`jaligi xodimlarining daromadini kamida 2 baravarga oshirish maqsad qilingan"

Avvalroq, “Inson qadri” onlayn platformasi hamda “2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to`plami taqdimotlariga bag`ishlangan xalqaro tadbir o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.   

Tadbirda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning ma`lum qilishicha, Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" da qishloq xo`jaligi xodimlari daromadini kamida ikki barobarga oshirish maqsad qilingan. 

Uning so`zlariga ko`ra, fermer va dehqon xo`jaliklari daromadlarining ortishi aholi daromadi o`sishiga ta`sir qiladi.

"Har birimizga taalluqli bo`lgan masala, bu aholi daromadlarini oshirish. Aholining ko`pchilik qismi qishloq xo`jaligida, xususan, chorvachilik yoki fermer xo`jaliklarida mehnat qilmoqda. Ularning daromadini kamida ikki barobarga oshirish «Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi»da maqsad qilingan. Fermer va dehqon xo`jaliklarining daromadlari oshganidan keyin aholining ham daromadi ko`tariladi",–dedi Eldor Tulyakov. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1