AsosiyJamiyat

Pensionerlar, nafaqaxo`rlar, kam ta`minlanganlar 200 mingdan 400 ming so`mgacha bir martalik yordam puli oladi

'Pensionerlar, nafaqaxo`rlar, kam ta`minlanganlar 200 mingdan 400 ming so`mgacha bir martalik yordam puli oladi'ning rasmi

 

«Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, quyidagi shaxslarga bir martalik yordam beriladi:

 yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a`zosiga hamda o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:

● Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda — 300 ming so`mdan;

● Toshkent shahrida — 400 ming so`mdan.

 «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta`minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta`minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to`lmagan bolasiga — 200 ming so`mdan.

Bir martalik moddiy yordam to`lovlari ikki hafta muddatda to`liq to`lab beriladi.

Uyida vaqtincha bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra bir martalik moddiy yordam pullarini o`z vaqtida ololmagan fuqarolar to`lanmagan moddiy yordam pullarini 2022 yil 1 sentyabrgacha olish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar