AsosiyDunyo

Tokio va Vashington Shimoliy Koreyaga "signal" yubordi

'Tokio va Vashington Shimoliy Koreyaga "signal" yubordi'ning rasmi

Yaponiya mudofaa kuchlari va AQSh harbiylari Yapon dengizida qo`shma harbiy mashg`ulot o`tkazdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo`mitasiga tayanib yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Qayd etilishicha, Tokio tomonidan mashg`ulotlarga 4 dona F-15, Vashington tomonidan esa 4 dona F-16 qiruvchi samolyotlari qatnashgan. Undan ko`zlangan maqsad "tahdidlarga darhol munosabat bildirish imkoniyatini tasdiqlash va yapon-amerika alyansini mustahkamlash" bo`lgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, ikki davlat ushbu mashqlar orqali KXDRga "ogohlantiruvchi signal" jo`natgan.

    Boshqa yangiliklar