AsosiyJamiyat

Ombudsman vakili aralashmaguncha xasta fuqaroni hech kim eshitmadi. Nega?

'Ombudsman vakili aralashmaguncha xasta fuqaroni hech kim eshitmadi. Nega?'ning rasmi

Ombudsman matbuot kotibining ma`lum qilishicha, Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida o`tkazilgan fuqarolar qabuliga kelgan “Ilg`or” MFY Bog`ichaman ko`chasida yashovchi fuqaro N.D.ning murojaati ijobiy hal etildi. 

U asmatik kasalligidan davolanish uchun yo`llanma olish bo`yicha yordam so`ragan. Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimovning tegishli tashkilotlarga qilgan murojaatidan so`ng fuqaroga yo`llanma berilgan.

Shuningdek, Sirdaryo tumani Elobod MFY yashovchi fuqaro S.O. iste`mol qilingan elektr energiyasi uchun hisoblangan qarzdorlikdan noroziligi bo`yicha murojaat qilgan. Murojaat tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan o`rganilganda fuqaro murojaati asosli deb topilib, uning qarzdorligi bartaraf etildi.

    Boshqa yangiliklar