1

Prezident sanoat zonalari maydonlarining 37 foizi elektr, suv, gaz, yo`l va kanalizasiya bilan ta`minlanmaganini tanqid qildi

Jamiyat 26.05.2022, 16:51
Prezident sanoat zonalari maydonlarining 37 foizi elektr, suv, gaz, yo`l va kanalizasiya bilan ta`minlanmaganini tanqid qildi

Ayni paytda Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda sanoat zonalarini rivojlantirish borasida hududlarda qilinadigan ishlar ko`pligi ko`rsatib o`tildi.

Jumladan, 96 ta kichik sanoat zonasining bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani bois ularda 3,5 trillion so`mlik 648 ta tayyor loyihalar boshlanmasdan turgani ta`kidlandi.  

Xuddi shunday, sanoat zonalari maydonlarining 37 foizi elektr, suv, gaz, yo`l va kanalizasiya bilan ta`minlanmagani tanqid qilindi.

Shuningdek, sanoat zonalarida loyihalarni boshlash uchun tadbirkorlar 5 ta bosqichli jarayondan o`tib, 10 turdan ortiq hujjatlarni taqdim etishi lozim (bunga 3 oygacha vaqt sarflanmoqda).

Oqibatda hozirda Buxoroda 10 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Samarqand va Farg`onada 1 tadan loyiha boshlanmasdan turibdi.

“Biz Taraqqiyot dasturimizda kelgusi besh yilda sanoatni 1,4 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz. Bu – juda katta marra.

Shning uchun, har bir viloyat, tuman va shahar hokimi yangi tashabbuslar ko`rsatishi, tadbirkorlarni topib, loyihalarni ko`paytirish bo`yicha o`zlarining aniq rejalariga ega bo`lishlari zarur”, dedi davlat rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1