1

Eldor Shomurodov - "Roma"ning eng tezkor futbolchisi deb topildi

Sport 26.05.2022, 23:10
Eldor Shomurodov - "Roma"ning eng tezkor futbolchisi deb topildi

Konferensiyalar ligasi-2021/22 yakuniga etgach, UEFA rasmiy sayti klublarning turnirdagi statistik ko`rsatkichlari haqida ma`lumot berdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. 

Finalda «Roma» minimal hisobda (1:0) «Feyenoord»ni mag`lub etib, turnir g`olibiga aylandi. Hal qiluvchi bahsdan so`ng «Roma»ning joriy mavsum ushbu turnirdagi eng tezkor o`yinchilari statistikasi keltirildi. 

E`tiborlisi, bu mavsum Konfederasiyalar ligasida eng katta tezlikni qayd etgan «Roma» o`yinchisi Eldor Shomurodov bo`ldi. Turnirda 9 o`yinda maydonga tushgan 26 yoshli o`zbekistonlik hujumchining maksimal tezligi 33,6 km/soatni tashkil etgan. 

Bu borada ikkinchi o`rindan Dzanola joy olgan. Italiyalik futbolchi 32 km/s tezlikni qayd etgan bo`lsa, Temmi Abraham 31,9 km/soat tezlik bilan 3-o`rinda qayd etilgan.

Eslatib o`tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum rimliklar safida jami 40 o`yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1