AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya EI o`rniga yangi ittifoq tuzmoqchi

'Buyuk Britaniya EI o`rniga yangi ittifoq tuzmoqchi'ning rasmi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Evroittifoqqa muqobil yangi siyosiy, iqtisodiy va harbiy alyans tuzishni taklif qildi. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi xabar berdi.

Uning ma`lumotlariga ko`ra, Jonson taklif qilayotgan ittifoq Ukraina, Polsha, Estoniya, Latviya va Litvani ham o`z ichiga oladi. Unga keyinroq Turkiyani ham qo`shish rejalashtirilgan. Ushbu alyans Evropa Hamdo`stligi deb ataladi. Jonson o`z suverenitetiga o`ta qat`iy e`tibor beradigan va liberal iqtisodiyot modeliga ega davlatlarni Hamjamiyat a`zosi bo`lishini ilgari surgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri ushbu tashabbusni ilk bor 9 aprelda Kievda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv paytida aytgan. Ukraina tomoni bu taklifga aniq javob bermagan.

    Boshqa yangiliklar