Sil kasalligini davolash muddati 6 oydan 4 oyga qisqartish mumkin – JSST

Dunyo 27.05.2022, 11:14
Sil kasalligini davolash muddati 6 oydan 4 oyga qisqartish mumkin – JSST

O`zbekiston SSV Matbuot xizmati Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti sil kasalligining dorilarga chidamli turini davolash bo`yicha yangi tavsiyaviy qo`llanmasini e`lon qilganligi haqida xabar berdi. 

U quyidagi ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi:

  • Tuberkulyozning dori vositalariga chidamli turi bilan xastalangan 12 va undan katta yoshdagi bemorlarga rifapentin, izoniazid, pirazinamid va moksifloksasin preparatlaridan iborat 4 oylik muolaja sxemasi buyurilishi mumkin.

 

  • Tuberkulyozning engil formasi bilan og`rigan 3 oylikdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarga 4 oylik davolash rejimi qo`llanilishi lozim.

 

️Shu paytgacha amal qilib kelgan 6 oylik muolaja kursi ham muqobil variant sifatida qoldiriladi.

JSSTning dorilarga chidamli bo`lgan sil kasalligini davolash bo`yicha avvalgi ko`rsatmalari izoniazid, rifampisin, etambutol va pirazinamiddan iborat 6 oylik rejimni o`z ichiga olgan edi. O`tgan davrda ushbu sxema bemorlarning 85 foizida samara berishi tasdiqlandi.

Shundan kelib chiqib, tashkilot may oyi boshida bu boradagi ko`rsatmalariga ma`lum  o`zgartirishlar kiritdi. Tuberkulyozning rifampisin preparatiga chidamli turiga qarshi 6 oylik va muqobil ravishda bedakvilin hamda linezolid bilan davolashga qaratilgan 9 oylik muolaja kursi tavsiya etildi.  

Bundan tashqari, JSST joriy yilda bolalarda sil kasalligini davolash bo`yicha yangi ko`rsatmalarini ham e`lon qildi. U xastalik tashxisi, muolaja davomiyligi va sxemalariga doir o`zgarishlarni qamrab oladi.  

 Ma`lumot uchun, dunyoda har yili sil kasalligidan 1,4 milliondan ortiq odam vafot etadi. Xastalik erta bosqichda aniqlanmasa, bemor yil davomida 10-15 kishiga bu xavfli infeksiyani yuqtirishi mumkin.  

 

Shu sababli Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2035 yilgacha tuberkulyozdan o`lim ko`rsatkichlarini 95 foizga kamaytirishga doir strategik maqsadni qabul qilgan.

 

Sog`liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1