AsosiyJamiyat

Samarqandda Cobalt 16 yoshli piyodani urib, uchirib yubordi

'Samarqandda Cobalt 16 yoshli piyodani urib, uchirib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomobili yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan piyodani urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot kotibining ma`lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ma`lum bo`lishicha, 25 may kuni tumanning Navoiy shohko`chasidan o`tuvchi yo`lda Cobalt haydovchisi «Pastki Kalangar» mahallasida yashovchi 16 yoshli piyoda A.N.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar