AsosiyJamiyat

Jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona elektron boshqaruv tizimi joriy etiladi

'Jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona elektron boshqaruv tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, Sportni rivojlantirish vaziri o`rinbosari Murad Ismailov rahbarligida sport sohasini bosqichma-bosqich raqamlashtirishning ustuvor yo`nalishlari, shuningdek, yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etish bo`yicha yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktor o`rinbosari Aziz Xudaev hamda malakali dasturchilar ham ishtirok etishdi.

Xabarda qayd etilishicha, yagona elektron boshqaruv tizimida, eng avvalo, sportchilar, murabbiylar va hakamlar haqidagi ma`lumotlar kartochkasi real vaqt rejimida yuritilishi, sport yo`nalishlari bo`yicha iqtidorli sportchilarni onlayn seleksiya qilish masalalari ko`rib chiqildi.

Bundan tashqari, real ma`lumotlar asosida byudjet mablag`larini rejalashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag`larni shaffofligini ta`minlashda zamonaviy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan fikrlar almashildi.

    Boshqa yangiliklar