Toshkent va Farg`onada tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Jamiyat 27.05.2022, 16:51
Toshkent va Farg`onada  tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma`lum qilishicha, Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. “Iyk ota” MFYda hech qanday hujjatlarsiz “issiqxona” tashkil etib, tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 32,4 mln. so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Toshloq tumanida “A.G`.” fermer xo`jaligi rahbari M.A. “Terak Tagi” MFYda joylashgan dala shiyponida o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulanib, noqonuniy ravishda elektr energiyadan foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 32,5 mln. so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2- moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1