1

Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga: imtihon va hujjat topshirish tartibi, sanasi va manzili aniq bo`ldi

Jamiyat 27.05.2022, 17:25
Koreyada ishlash istagidagi fuqarolar diqqatiga: imtihon va hujjat topshirish tartibi, sanasi va manzili aniq bo`ldi

Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 2022 yil 2 iyundan 15 iyulga qadar o`tkaziladigan EPS-Topik UBT test sinovlari to`g`risida

O`zbekiston va Koreya Respublikalari Bandlik va mehnat vazirliklari o`rtasida tuzilgan “Ishchilarni Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida Koreya Respublikasiga yuborish to`g`risida”gi anglashuv memorandumiga muvofiq, koreys tilidan EPS-Topik test imtihoni 2022 yil 2 iyundan 15 iyulgacha bo`lib o`tadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.

EPS-Topik UBT test imtihonida qatnashuvchi fuqarolar ro`yxati: 

Sizdan imtihonga kelganingizda so`raladigan hujjatlar va ma`lumotlar:

- Fuqarolik va xorijga chiqish pasporti;

- 3,5 x 4,5 hajmdagi sifatli oq fonli rangli fotosurat (2-dona);

- 24 AQSh dollari to`langani to`g`risidagi kvitansiya (to`lov qilmagan fuqarolar test kuni to`lovni amalga oshirishlari mumkin).

Bilishingiz kerak bo`lgan ma`lumotlar:

- Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasportini olib kelmagan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.

- Fuqarolar imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko`rsatilgan manzilga etib kelishi va ro`yxatdan o`tishi lozim.

- Imtihonga belgilangan sana va vaqtidan kech qolgan fuqarolar kiritilmaydi.

- Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga ko`ra, takror yoki qayta appelyasiya EPS-Topik UBT test imtihonlari o`tkazilmaydi.

- Test imtihonida elektron vositalardan (mobil telefon, elektron soatlar, shpargalkalar va hokazo) foydalanish qat`iyan man etiladi.

- Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, EPS-Topik UBT test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`ladi.

EPS-Topik UBT yangi tartibda joriy qilingan bo`lib, bunda imtihonni yanada shaffof o`tkazish ko`zda tutilgan. Imtihon vaqtidagi har bir nojo`ya harakatlar kamera orqali aniqlanib boriladi. Test imtihoni chet el vakillari ishtirokida o`tkazilayotgani inobatga olingan holda imtihon jarayonida navbatga rioya qilish, tartibli bo`lish, shovqin qilmay, boshqa fuqarolar manfaatiga putur etkazmasdan ishtirok etish so`raladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

Muammo va kamchiliklar yuzaga kelganda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin: (71) 202-33-55.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1