AsosiyJamiyat

Bugun Oliy sud raisining vakolat muddati tugaydi. Senat Komilovni navbatdagi muddatga qayta saylaydimi?

'Bugun Oliy sud raisining vakolat muddati tugaydi. Senat Komilovni navbatdagi muddatga qayta saylaydimi?'ning rasmi

Bugun Kozimjon Komilovning Oliy sud raisi sifatidagi vakolat muddati tugaydi. Bu haqda amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliev o`zining shaxsiy sahifasida yozmoqda.

Uning aytishicha, nafaqat sud tizimi xodimlari, balki sudga ishi tushgan insonlar uchun ham bugun-erta o`ziga yarasha hayajonli bo`ladi. Chunki 28 may kuni Senatning navbatdagi yalpi yig`ilishi o`tkaziladi. Oliy sud raisini saylash ham aynan ularning vakolatiga kiradi.

Senat Komilovni navbatdagi muddatga saylarmikan desam, yalpi yig`ilishning rasmiy kun tartibidan sudlarga doir birorta masala o`rin olganiga ko`zim tushmadi.  

Biroq boshqa tomondan yalpi yig`ilish boshlanishidan avval, ya`ni o`sha kuni bu qo`shimcha masala sifatida ham qo`yilishi mumkin. Ehtimollar nazariyasini hisobga olib qo`yamiz, deb yozadi Saidali Muxtoraliev.

    Boshqa yangiliklar