O`zbekiston banklarining onlayn plastik kartasidagi pulni boshqa plastik kartaga o`tkazishning yangi imkoniyati paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Slick.uz” nashri.
Ayni paytda bu imkoniyat ATB “Aloqabank” va ATB “Agrobank” onlayn kartalarida mavjud. Plastik kartalar orqali pul o`tkazmalarini amalga oshirish ishlari O`zbekistonda mavjud bo`lgan banklar o`rtasidagi hamkorlik asta-sekinlik bilan kengaytirib boriladi.
CLICK foydalanuvchilariga qulaylik yaratish maqsadida kartadagi pulni boshqa kartaga o`tkazayotganda qabul qiluvchining plastik kartasi raqami yoki telefon raqami ko`rsatiladi. Pul o`tkazish CLICK tizimida ro`yxatdan o`tgandan keyingina amalga oshiriladi.
Pulni o`tkazish quyidagi USSD-komandasidan keyin amalga oshadi:
*880*karta raqami*pul miqdori#
*880*3*telefon raqami*pul miqdori#
Telefon raqamiga pul o`tkazilayotganda albatta operator kodi ko`rsatilib, u CLICK tizimida ro`yxatdan o`tgan bo`lishi lozim (masalan, 90XXXXXXX).
Yaqin kunlarda bu imkoniyat ilova orqali ham amalga oshiriladi.
Kartadan kartaga pul o`tkazilayotganda jo`natuvchining plastik kartasidan pul miqdoriga qarab, 2% xizmat haqi olinadi.