AsosiyJamiyat

Olti kun davomida o`ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o`tkazadi

'Olti kun davomida o`ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o`tkazadi'ning rasmi

Davlat rahbari topshirig`iga muvofiq, aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda echimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o`rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi shu yilning 11-16 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar o`tkazadi.

Respublika ishchi guruhi aholi bilan ochiq-jonli muloqotlar olib boradi.

Prezident Administrasiyasi mas`ullari bilan birga, quyidagi vazirlik, qo`mita va respublika tashkilotlari rahbarlari aholini qabul qiladi:

· Vazirlar Mahkamasi

· Oliy sud

· Sudyalar Oliy kengashi

· Bosh prokuratura

· Davlat soliq qo`mitasi

· Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi

· Oila va xotin-qizlar davlat qo`mitasi

· Ichki ishlar vazirligi

· Moliya vazirligi

· Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi

· Sog`liqni saqlash vazirligi

· Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

· Mahalla va nuroniylarni qo`llab quvvatlash vazirligi

· Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

· Xalq ta`limi vazirligi

· Maktabgacha ta`lim vazirligi

· Qurilish vazirligi

· Favqulodda vaziyatlar vazirligi

· Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi

· Markaziy bank

· Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi

· “O`zbektelekom” AJ

· “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

· "Hududgazta`minot" AJ

· “O`zsuvta`minot” AJ

· Avtomobil yo`llari qo`mitasi

· Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

· O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil (Biznes-ombudsman)

· Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Ommaviy qabullar o`tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo viloyatida o`tkaziladigan ommaviy qabullar jadvali

Aholi keladigan

hududlar nomi

Sayyor qabul o`tkaziladigan joySana va vaqti

Qumqo`rg`on,

Bandixon va Sho`rchi

“Yangi er”MFY,
20-sonli musiqa va san`at maktabi binosida

11 iyun

soat 10:00dan

Denov,

Oltinsoy

“Istiqbol” MFY,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida

12 iyun

soat 10:00 dan

Sariosiyo,

Uzun

“Shoxjahon” MFY,

Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida

13 iyun

soat 10:00 dan

Jarqo`rg`on, 

Termiz, Termiz sh.

“Surxon sohili” MFY, Madaniyat uyi binosida

14 iyun

soat 10:00dan

Angor,
Muzrabot, Sherobod va Qiziriq

“Madaniyat” MFY,

Monomarkaz binosida

15 iyun

soat 10:00dan

Boysun

“O`rta Machay” MFY,

oilaviy poliklinika bog`ida

16 iyun

soat 10:00 dan

Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan ma`lum qilinadi.

Boshqa yangiliklar