Men “Matiz” rusumli avtomashinani boshqaraman. Kirakashlik qilaman desam, avtomashinamni sariq rangga bo`yashim kerak ekan. Lekin “Damas”lar sariqqa bo`yamay kirakashlik bilan shug`ullanadi-ku? Boshqa mashinalarga ham biror kichik belgi qo`yish va kunlik ma`lum to`lov evaziga ruxsat berish mumkin emasmi?
Azim Amanmuratov, Termiz shahri
Sh.Shovohobov, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig`i o`rinbosari:
— “Yo`nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Nizomning 1-bandi hamda “Yo`nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo`yiladigan talablar to`g`risida”gi Nizomda O`zbekiston Respublikasi hududida yo`nalishsiz taksilarning tashqi ko`rinishiga va ichki ma`lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek, yo`nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablar belgilab qo`yilgan va ushbu Nizom talablarini bajargan holda lisenziya olish mumkin.
“Damas” rusumli avtomobillarda yo`lovchi tashish faoliyati uchun yo`nalishni tasdiqlash vakolati tuman, shahar hokimligining “Shaharda yo`lovchi tashish yo`nalishlarini tashkil etish komissiyasi” tomonidan amalga oshiriladi.
“Darakchi” gazetasining yangi 28-sonida “Kim boquvchisini yo`qotgan hisoblanadi”, “28 yoshda maktabda o`qish mumkinmi”, “eski jihozlar almashtiriladimi” hamda “2 ta bola uchun qancha nafaqa beriladi” kabi saollarga javoblar topishingiz mumkin.
O`TKAZIB YuBORMANG!





