AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari o`tkaziladi

'O`zbekiston bo`ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari o`tkaziladi'ning rasmi

30 iyun – “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan 2022 yil 26 iyun kuni O`zbekistonning Namangan, Samarqand, Guliston, Chirchiq, Jizzax, Farg`ona, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari o`tkaziladi.

“1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida 3 kilometr masofaga yugyrish bo`yicha o`tkaziladigan musobaqada har bir shaharda 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilyapti.

– “Yangi nafas” yugurish musobaqasi nafaqat aholi orasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi O`zbekiston engil atletika federasiyasi mas`ul xodimi Kamoliddin Ro`zamuhammedov. – Avvallari yurtimizda marafon yoki yugurish musobaqalari bitta hududda tashkil etilgan bo`lsa, bu safargi ommaviy sport tadbiri bir paytning o`zida 8 ta shaharda o`tkaziladi. Barchasida yugurishga bir vaqtda start berilishi musobaqaning nufuzini, uning qamrovini belgilaydi. Mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarning yangicha formatda ishlash ko`nikmasini oshiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar