Filialga o`tkazilayotgan Toshkent davlat texnika universitetining yopilgan neft va gaz fakulteti ikkinchi hamda uchinchi bosqich talabalari tasdiqlangan kvotaga qo`shimcha ravishda qabul qilinadi.
Joriy yilda universitetning filiali 325 talabani qabul qiladi.
Ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul kvotalari quyidagicha belgilandi:
«Geologik razvedka texnologiyasi» — 50;
«Neft va gaz quduqlarini burg`ulash» — 50;
«Neft qazib olish ob`ektlaridan foydalanish va xizmat ko`rsatish» — 50;
«Gaz qazib olish, gaz kondensati va erosti saqlash ob`ektlaridan foydalanish va xizmat ko`rsatish «— 50;
«Quvur transporti tizimi ob`ektlarini qurish va ta`mirlash» — 50;
«Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash transportlari va ob`ektlaridan foydalanish va xizmat ko`rsatish» — 50;
«Korxonalar va tashkilotlar iqtisodiyoti» — 25 kishi.
Filialda 3 ta yangi ta`lim yo`nalishi ochilishi ham belgilangan. Bular:
«Neft va gazni qayta ishlash uskunalari»;
«Neft va gaz kon sanoati mashinalari va uskunalari»;
«Tabiiy energiya tashuvchilari va uglerodli materiallar kimyo texnologiyasi».





