AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi

'Bugun Toshkentning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

Chilonzor, Shayxontohur hamda Uchtepa tu manlarining ba`zi joylarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgazta`minot" xabar bermoqda.

Jumladan, Chilonzor tumani Beshyog`och ko`chasida joylashgan er osti D-219 mm gaz quvurida ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun 10:00 dan 18:00 gacha Chilonzor tumani “Katta olmazor”, “Olmazor”, “Beshyog`och” mahallalarida, Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko`chasida hamda yuqorida ko`rsatilgan manzillardagi ulgurji iste`molchilarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Shuningdek, Uchtepa tumani “Nayman” mahallasi hududidagi past bosimli D-89 mm. er usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari “Uchtepatumangaz” gaz ta`minoti bo`limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha “Nayman” mahallasida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar