AsosiyJamiyat

Samarqandda fuqaro otasi va akasini o`ldirib, tomorqasiga ko`mib qo`ydi

'Samarqandda fuqaro otasi va akasini o`ldirib, tomorqasiga ko`mib qo`ydi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 15 may kuni fuqaro akasi va otasini o`ldirib, uyining tomorqasiga ko`mib qo`ydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 7 iyun kuni soat 1Samarqandda fuqaro otasi va akasini o`ldirib, tomorqasiga ko`mib qo`ydi9:30 atrofida tumanning Navbog` ko`chasida yashovchi fuqaro J.M. IIBga murojaat qilib, unda otasi B.M. va ukasi Sh.M.lar uyida yo`qligi, qo`l telefon raqamlari ishlamayotgani va ularni topishda amaliy yordam berishni so`ragan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida Sh.M. tuman IIBga aybini bo`yniga olish to`g`risida ariza bilan murojaat qilib, unda 15 may kuni soat taxminan 07:00 da otasi B.M. va akasi Sh.M.lar bilan janjallashib qolganini bildirgan.

Aniqlanishicha, u bolta va oshxona pichog`i bilan akasi Sh.M.ni so`ngra otasi B.M.ni tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan hamda yashash uyining tomorqasiga ko`mgan. Uyning tomorqa qismi ko`zdan kechirilganda B.M. va Sh.M.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan. Ish bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar