Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o`rtacha 18,2 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu ko`rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 2,2 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar bo`yicha aholining uy-joy bilan ta`minlanganlik ko`rsatkichi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o`rtacha to`g`ri keladigan kvadrat metr):
Qoraqalpog`iston R. – 16,7 kv. m.
Andijon viloyati – 13,9 kv. m.
Buxoro viloyati – 17,5 kv. m.
Jizzax viloyati – 17 kv. m.
Qashqadaryo viloyati – 16,5 kv. m.
Navoiy viloyati – 23,8 kv. m.
Namangan viloyati – 17 kv. m.
Samarqand viloyati – 19,6 kv. m.
Surxondaryo viloyati – 13,9 kv. m.
Sirdaryo viloyati – 18,9 kv. m.
Toshkent viloyati – 16,7 kv. m.
Farg`ona viloyati – 20,9 kv. m.
Xorazm viloyati – 24,3 kv. m.
Toshkent shahri – 22,3 kv. m.ni tashkil etmoqda.






