AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`izistonni bog`lovchi maxfiy tunnel aniqlandi

'O`zbekiston va Qirg`izistonni bog`lovchi maxfiy tunnel aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston va Qirg`izistonni bog`lovchi yana bir tunnel fosh etildi. 

"Zamon" nashriga ko`ra, mazkur tunnel Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi xodimlari tomonidan aniqlangan.

Tunnelning Qorasuv tumanidagi uylardan birida joylashgani qayd etildi. 13 metr chuqurlikda joylashgan tunneldan o`tish 2x1,7 metr o`lchamdagi yo`lak orqali ta`minlanadi. Uning umumiy masofasi — 177 metr.

Erosti tunneli egasi Qirg`iziston fuqarosi M.I.M. o`tgan yilning sentyabr oyida R. ismli shaxs bilan tanishib, ikki davlat o`rtasida tunnel qazishni maqsad qilgan.

Tunnel orqali Qirg`izistondan O`zbekistonga valyuta va tovarlar olib o`tish rejalashtirilgan.

M.I.M. o`z aybini inkor etmagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar