1

GM Uzbekistan faoliyati to`g`risidagi OAV xabarlariga raddiya bildirdi

Jamiyat 14.07.2016, 10:38
Teglar: Avto
GM Uzbekistan faoliyati to`g`risidagi OAV xabarlariga raddiya bildirdi

GM Uzbekistan o`zbek-amerika qo`shma korxonasi matbuot xizmati bir qator ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan milliy avtomobil sanoati atrofidagi vaziyatga aloqador maqolalarga javob tariqasida navbatdagi bayonotini tarqatdi. 

«Gazeta.uz»ga kelib tushgan bayonotda «noto`g`ri va ochiqchasiga yolg`ondan iborat xabarlar» inkor etilib, kelgusida yirik sanoat korxonalaridan birini jamoatchilik ko`z o`ngida obro`sizlantirishga barham berilishiga umid bildirilgan.

«GM Uzbekistan AJ boshqaruvi zamonaviy korporativ usullar va standartlar asosida amalga oshiriladi, — deyiladi bayonotda. — „O`zavtosanoat“ aksionerlik kompaniyasi rahbariyati „Jeneral Motors“ korporasiyasi vakillari bilan birgalikda korxona kuzatuv kengashida ishtirok etish yo`li bilan hamkorlikda rivojlanishning strategik yo`nalishlarini hal etishda qatnashadi va QKning doimiy operasion faoliyati bilan shug`ullanmaydi».

Murojaatda qayd etilishicha, GM Uzbekistan avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, avtomobillarni O`zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham sotish bo`yicha bevosita faoliyat olib bormaydi. Avtomobillarni sotish faoliyati bilan mas`ul distribyutorlik tashkilotlari shug`ullanadi.

«Umumqabul qilingan jahon amaliyotiga muvofiq, distribyutorlik tashkilotlari savdoni moliyalashtirish amaliyotini turli xil tijoriy banklar va moliyaviy tashkilotlar kreditlari va qarz vositalarini jalb etgan holda amalga oshiradi. Bundan tashqari, savdoni moliyalash manbalarini qabul qilishda distribyutorlik tashkilotlari faqatgina qonuniy, umumqabul qilingan mexanizmlari va vositalardan foydalanadi. Turli xil maqolalarda esa haqiqatga zid ravishda O`zbekiston Milliy banki ana shunday kelishuvlar kafolatchisi ekani aytib o`tilgan», — deyiladi kompaniya bayonotida.

«GM Uzbekistan`ning RFdagi distribyutorlari — „UzDEU Avto Voronej“ va „Uzavto Rus“ ta`sischilari tarkibida hech qanday xususiy shaxslar mavjud emas. „O`zavtosanoat“ AK, GM Uzbekistan yoki ularning ta`sir ko`rsatuvchi kompaniyalari ham ta`sischilardan emas. Shu kabi maqolalarda tilga olingan „Akademiya UzDEU“ MChJ na „O`zavtosanoat“ AK, na GM Uzbekistan`ga aloqador emas», — deyiladi bayonotda.

«Biz muqaddam eksportga jo`natilib, so`ngra O`zbekistonga noqonuniy yo`llar bilan qayta olib kelingan avtomobillarning ichki bozorda sotilish „sxemasi“ hamda ushbu maqsadlarda foydalanilgan qo`shni davlatlarning chegaradosh hududlaridagi saqlash joylari to`g`risidagi xabarlarni yana bir bor qat`iy inkor etamiz. Ularda nafaqat GM Uzbekistan, balki boshqa davlat tashkilotlari ham mutlaqo asossiz va dalilsiz ayblangan», — qayd etiladi kompaniya matbuot xizmati bayonotida.

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1