AsosiyJinoyat

To`rtko`lda valyuta oldi-sotdisi bilan shug`ullanib kelgan fuqaro ushlandi

'To`rtko`lda valyuta oldi-sotdisi bilan shug`ullanib kelgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To`rtko`l tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, To`rtko`l savdo kompleksi oldida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro Yu.ga 2 900 AQSh dollarini 32,2 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar