AsosiyJamiyat

O`zbekistonda prezidentlik saylovini o`tkazish bo`yicha 24 tavsiya berildi

'O`zbekistonda prezidentlik saylovini o`tkazish bo`yicha 24 tavsiya berildi'ning rasmi

Mamlakatga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida mazkur tavsiyalar yuzasidan muhokama olib borildi.

Xususan, muhokama bugun, 16 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Ouen Merfi boshchiligidagi Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi delegasiyasi a`zolari bilan bo`lib o`tdi. Bu haqda Ombudsman axborot xmzmati xabar bermoqda.

Ma`lum bo`ilishicha, muloqotda 2021 yilda bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar va ularning siyosiy huquqlarini ta`minlashdagi Ombudsmanning o`rni borasida o`zaro fikr almashilgan.

Ta`kidlanishicha, o`tgan saylovda nogironligi bo`lgan shaxslarga ovoz berishlari uchun zarur qo`shimcha sharoitlarni yaratish bo`yicha Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda qator monitoringlar o`tkazilib, saylov uchastkalari a`zolariga tavsiyalar berilgan.

Suhbat davomida delegasiya vakillari tomonidan berilgan tavsiyalar O`zbekistondagi saylov qonunchiligi va uni tashkil etish tartiblarini xalqaro ilg`or tajribalariga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlangan.

“O`tgan yili O`zbekistonda Prezidentlik saylovlari o`tkazilgandan so`ng ushbu jarayonlarni kuzatgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi o`z hisobotini aprel oyida e`lon qildi va unda 24 ta tavsiya o`rin olgan. Bular tavsiya, xolos. Uni e`tiborga olish yoki olmaslik har bir davlatning o`zi hal qiladi. Bizning hukumat taklifi asosida O`zbekistonga tashrifimiz davomida tavsiyalarimizni birgalikda muhokama qilish ko`zda tutilgan. Bugunga uchrashuvimiz davomida ham ushbu institutning faoliyati, uning saylov jarayonlaridagi ishtiroki, har bir fuqaroga ovoz berish huquqini ta`minlash bo`yicha shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashdik. Albatta, biz tavsiyalarimiz e`tiborga olinayotganidan hursandmiz. Biz bundan buyon ham hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz”,-degan delegasiya rahbari Ouen Merfi.

    Boshqa yangiliklar