AsosiyJamiyat

"Har birimiz ayollarga nisbatan zo`ravonlikka yo`l qo`yib bo`lmasligini anglashimiz zarur" – Saida Mirziyoeva to`yda kelinni urgan kuyov haqida

'"Har birimiz ayollarga nisbatan zo`ravonlikka yo`l qo`yib bo`lmasligini anglashimiz zarur" – Saida Mirziyoeva to`yda kelinni urgan kuyov haqida'ning rasmi

Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda to`y kuni sahnada kelin-kuyov o`yin o`ynab, musobaqalashgani, natijada, yigit yutqazib, alamidan qizni urgani tasvirlangan video tarqalgandi.

Shundan so`ng, holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi munosabat bildirib, to`yi kuni kelinni urgan kuyovga chora ko`rilishi ma`lum qildi. 

Butun dunyoda shov-shuvga aylanib ulgurgan bu vaziyatga Saida Mirziyoeva ham befarq qaramadi.

Uning fikricha, kelinni tanlovda g`olib bo`lishga jur`at etgani uchun, to`yda urgan kuyov videosi jamiyatda katta rezonans uyg`otdi.

"Bu hodisa qaerda sodir bo`lgani muhim emas, o`zimizdami yoki qo`shni yurtdami, ikki kun oldinmi yoki ikki yilmi - farqi yo`q. Bu jirkanch vaziyatga bizning munosabat muhim. 

Mabodo “ayol erkakka yon bosishi shart”, “o`zi aybdor, tili uzun bo`lsa kerak” kabi gaplarni eshitayotgan bo`lsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir",-deydi u.

Mirziyoeva bunday holatlarni xotirjam kuzatish yaxshilikka olib kelmasligini ta`kidlaydi.

"Biz hammamiz rivojlangan, madaniyatli yurtda, boy va baxtli yashashni xohlaymiz. Demak, har birimiz ayollarga nisbatan zo`ravonlikka yo`l qo`yib bo`lmasligini  anglashimiz va shu qarashda qat`iy turishimiz zarur. 

Kaltabin kuyovto`rani qoralab, kelinga rahmimiz kelar ekan, o`z farzandlarimizga nisbatan ham shunday munosabatda bo`lmaslik, ya`ni maktabni bitirgach o`qishni taqiqlamaslik, iloji boricha tezroq turmushga berishga yoki uylantirishga harakat qilmaslik, o`z aqli bilan yashashga ruxsat berish muhimdir. Aynan shu bois bizga istiqbolli keng yo`llarni ochadigan, ayollarni mustaqil va kuchli qiladigan ta`lim zarur. Ta`lim bizga hayotimizni qanday o`tkazishni tanlash imkonini beradi"-deydi Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar