Sal avval “Aholiga tez tibbiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilingani, unda hududlarda tez tibbiy yordam bo`yicha yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo`lga qo`yish ko`zda tutilgani haqida xabar bergan edik.
Ma`lum qilinishicha, mazkur qarorga asosan, Endilikda "tez yordam" brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga ko`ra yo`naltiriladi.
Tashkil etiladigan yagona “Call-markaz”larda:
- chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
- rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
- saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og`irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo`naltirish tizimi joriy etiladi;
- tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat`i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo`naltirish yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, tez yordam mashinalariga radioaloqa uskunalari va GPS-trekerlar o`rnatilishi aytiladi.






