Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Sergeli-5 mavzesidagi 6 ta ko`p qavatli uylarga xizmat ko`rsatuvchi “A.B.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to`lovlar uchun yig`ilgan 97,7 mln. so`mni bank kassasiga kirim qilmasdan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






