Chinozda YPX xodimiga pora taklif qilgan "boyvachcha"ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 18.06.2022, 20:54
Chinozda YPX xodimiga pora taklif qilgan "boyvachcha"ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, "Intizom oyligi” doirasida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro 2000 y.t. M.J. (Surxondaryo viloyatida yashovchi) tuman YHXB boshlig`iga pora tariqasida 1 500 000 so`m taklif qilgan va undan 1 mln so`mini berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Ma`lum bo`lishicha, ushbu haydovchi bir kun avval o`zining "Cobalt" rusumli avtomobilida Chinoz tumani hududida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimining qonuniy talabiga bo`ysunmagani va qoidabuzarligi sabab avtomobil jarima maydoniga qo`yilgan.

Haydovchi esa xodimdan pora evaziga ma`muriy bayonnomani uning foydasiga hal qilishni va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berishini so`ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1