AsosiyJamiyat

Andijondagi xonadondan ikki bolaning jasadi topildi

'Andijondagi xonadondan ikki bolaning jasadi topildi'ning rasmi

Andijon shahridagi xonadondan 3 va 8 yoshdagi ikki bolaning jasadi topildi. Andijon viloyati prokuraturasi xabariga ko`ra, Andijon shahar Zafar ko`chasidagi uyda yashab kelgan voyaga etmagan S.O`. va R.O`.ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan o`tkazilmoqda.

Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko`ra, ota-onasi bolalarni o`g`irlab ketilgan deb, qidiruvga bergan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar