AsosiyJamiyat

Toshkentda Telegram' orqali moliyaviy piramida tashkil qilgan ayol ushlandi

'Toshkentda Telegram' orqali moliyaviy piramida tashkil qilgan ayol ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari yana bir moliyaviy piramidani fosh etdi. Bu haqda shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, moliyaviy piramida asoschisi Telegram`da guruh va kanal yaratgan. Unda dastlab 125 kishi bo`lgan. Ular besh kishidan iborat qismlarga bo`lingan. Qoidalarga ko`ra, ishtirokchi 1 million so`m o`tkazadi, bir hafta o`tib esa 1,7 million so`m qilib qaytarib oladi.

“Hamma o`z navbatida pul oldi. Keyin odamlar qarindoshlarini guruhga qo`shishni boshladi va ishtirokchilar soni ko`paydi. Shundan so`ng tuzilma buzildi”, — degan piramidani tashkil qilgan ayol.

Uning reklama bilan shug`ullanadigan ikkita yordamchisi bo`lgan va ular odamlarga shartlarni tushuntirgan.

Ayol bir hafta ichida muayyan mablag`ni 70 foiz oshirib berishga va`da bergan. Lekin pullarni o`zlashtirib olgan. Bu bo`yicha 60 dan ortiq kishi IIBga murojaat qilgan.

"Qoidaga ko`ra, pulning bir qismi depozit omonatga yuborilgan. Yana bir qismi adminlarga jo`natilgan. Shunda ham o`zimga qanchadir miqdorda pul qolardi”, — deydi u.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 2-qismi (pul mablag`larini yoki boshqa mol-mulkni noqonuniy jalb etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar