AsosiyJamiyat

"Chetda bilim olayotgan, daromad topayotgan o`zbeklar, ularning oila a`zolarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha choralar ishlab chiqdik" — Prezident

'"Chetda bilim olayotgan, daromad topayotgan o`zbeklar, ularning oila a`zolarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha choralar ishlab chiqdik" — Prezident'ning rasmi

Ayni damda Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda keltirilishicha, chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan o`zbekistonliklarni, ularning mamlakatda yashayotgan oila a`zolarini qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

O`zbekiston rahbarining ta`kidlashicha, bunday faoliyat hech qachon to`xtab qolmasligi uchun Konstitusiyaga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g`amxo`rlik qiladi, degan qoidani kiritish darkor.

"Biz uchun inson salomatligi – millat hayotining davomiyligini ta`minlash, uning genofondini saqlash, barqaror milliy strategiyamizning muhim tarkibiy qismidir. Bu maqsadlarga erishish uchun, menimcha, Konstitusiyamizda belgilangan “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, degan umumiy norma etarli emas. Bu moddani kengaytirib, to`g`ridan-to`g`ri qo`llanadigan normalar bilan boyitish shart, deb hisoblayman”,-deydi Mirziyoev.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar