1

Samarqandda narkosavdogarlarga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 21.06.2022, 21:12
Samarqandda narkosavdogarlarga sud hukmi o`qildi

Bu haqda darakchi.uz'ga DXX matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 1984 yil Samarqand shahrida tug`ilgan fuqaro M.B. muqaddam narkotik moddalar bilan bog`liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlanib, ma`lum bir muddat ozodlikdan mahrum etish jazosini o`taganidan keyin, axloq tuzatish ishlari jazosini o`tayotgan vaqtida, yana shunday jinoyatga qo`l uradi.

U 2021 yilning sentyabr oyida Tojikiston Respublikasining So`g`d viloyati Panjikent shahrida yashovchi shaxs tomonidan Samarqand viloyatining Bulung`ur tumani hududiga o`tkazilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 9 kg. 751. gr. "opiy" giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Aniqlanishicha, tojikistonlik narkosavdogar ushbu ajal og`usini keyinroq kerakli manzilga etkazib berishi uchun samarqandlik narkokur`erga 10 ming AQSh dollari berishi lozim bo`lgan.

Sud hukmiga ko`ra qonunbuzarga nisbatan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi. 

2021 yilning sentyabr oyida qayd etilgan boshqa holatda esa DXX Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “Kia-Bongo” rusumli avtomashina Samarqand viloyatining “Yuqori nuqta” YPX maskanida to`xtatilib, ko`zdan kechirilgan.

Natijada, unda ketayotgan Samarqand shahrida yashovchi, 1984 y.t. H.Z. va 1991 y.t. M.X.larga tegishli 5 kg. 953 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma`lum bo`lishicha, ular Tojikistondan kontrabanda yo`li bilan o`tkazilgan ushbu ajal og`usini “O`rikzor” bozori yonida noma`lum shaxslardan qabul qilib olib, kelgusida uni sotish orqali mo`may daromad topishni maqsad qilishgan. Giyohvandlik vositasi uchun ular tojikistonlik narkosavdogarga 36 ming AQSh dollari berishgan.

Sud hukmiga ko`ra, qonunbuzarlar Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, ularning har biriga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1