O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiya Respubikasi Prezidenti Fransua Ollandga 2016 yilning 14 iyul kuni Nissa shahridagi terakt munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etdi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida ko`plab insonlarning halok bo`lgani haqidagi fojiaviy xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qilganligini qayd etdi, qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik so`zlarini etkazishni so`radi.





