AsosiyJamiyat

Qurbon hayitida necha kun dam olamiz?

'Qurbon hayitida necha kun dam olamiz?'ning rasmi

Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi, deya yozmoqda O`zbekiston Milliy matbuot markazi.

Xabarda qayd etilishicha, Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq,11 iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qat`i nazar) qo`shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega bo`lgan xodimlarning dam olish kuni 16 iyul, shanba kunidan 12 iyul, seshanba kuniga ko`chirildi.

Olti kunlik ish haftasiga ega bo`lgan xodimlar uchun 12 iyul, seshanba kuni ham qo`shimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, Qurbon hayiti 2022 yil 9 iyulga to`g`ri keladi.

Shu tariqa, O`zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:

- 9 iyul — shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);

- 10 iyul — yakshanba (taqvim bo`yicha dam olish kuni);

- 11 iyul — dushanba (qo`shimcha ishlanmaydigan kun);

- 12 iyul — seshanba (qo`shimcha ishlanmaydigan kun/ko`chirilgan dam olish kuni).

    Boshqa yangiliklar