AsosiyJinoyat

Qamashida magistral ichimlik suvi quvuriga o`zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi

'Qamashida magistral ichimlik suvi quvuriga o`zboshimchalik bilan ulanish holati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qamashi tuman bo`limi  tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda “C.B.S” MChJ rahbari I.B. “Sovsantepa” MFY hududidagi MChJga qarashli issiqxonani “Shahrisabz-Qarshi” magistral ichimlik suvi quvuriga noqonuniy ulab, 237.5 mln so`mlik ichimlik suvini sarflab, “Qashqadaryo suv ta`minoti” MChJ manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar