AsosiyJamiyat

"Lo`li vatandoshlarni tinch qo`ying Rasul Kusherbaev"

'"Lo`li vatandoshlarni tinch qo`ying Rasul Kusherbaev"'ning rasmi

Bir muddat avval deputat Rasul Kusherbaev va Alisher Qodirov o`rtasida dahanaki tortishuv yuz bergandi.  Bu ikki taniqli shaxslar elektron dalil masalasidagi qonun normasi bo`yicha kelisholmay qolishgandi.

Shundan so`ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari yuz bergan holat parlament quyi palatasida ichki muhit yomonligini, xalq vakillari o`rtasidagi munosabatlar darz ketganini anglatmasligini angalatmasligini aytgandi.

Ayni vaqtda deputat Qodirov yana Kusherbaevga qarshi fikr bildirmoqda. U, shuningdek,  "lo`lichilik" so`zinini ishlatganidan haqorat yasashayotganini ta`kidlamoqda.

"O`zbekiston xalq yozuvchisi, O`zbekiston qahramoni Said Ahmad "Cho`l shamollari" asarida "Komil lo`lilik qilib birovga gap bermay bidirlar, Qo`ziboy esa to`ng`illar edi", deganda, yoki Hamidaxon Ziyoxonova "Birinchi maktub" hikoyasida "Arzanda qiz maktabda ham lo`liligi, urushqoq va beboshligi bilan nom chiqardi" degan jumlalarni ishlatganda lo`li vatandoshlarimizni haqorat qilganmidi? Lo`lilar bu asarlarni o`qib, o`zlarini kamsitilgandek his qilganlariga jiddiy shubham bor",-deydi deputat.  

"Har bir millatni o`ziga xos sifatlari bo`ladi. O`zbeklarni "o`zbekchilik" degan so`z bilan xos sifatlarini aytish haqorat bo`lmaganidek, lo`lilarni ham ularga xos bo`lgan xususiyatlarining nomi "lo`lichilik"dir. Qachondan boshlab milliy xususiyatlar haqorat bo`lib qoldi? Bu so`zdan millatchilik yoki milliy kamsitishni izlash uchun juda qattiq g`azabda yoki sog`lom aqldan ayrilgan bo`lish kerak",-deydi u.

"Menimcha, bir so`zdan haqorat yasamoqchi bo`layotganlarni lo`lilarning sha`ni emas, Jinoyat prosessual kodeksida o`tmay qolgan "elektron dalillar" tuynugi yo`liga qo`yilgan to`siq ko`proq tashvishga solmoqda",-deydi Alisher Qodirov.

"Men uchun inson Allohning yaratgan bandasi, oliy mavjudotdir, o`zbekmi, rusmi, qozoqmi yoki lo`li, farqi yo`q. Insonni millatiga qarab emas, tarbiyasiga qarab munosabatda bo`laman. E`tiqodimiz hatto hayvonlarga hurmat ko`rsatishni talab qiladi. Lekin, insonlarning ichida ham ayrimlar bor do`st bo`lging keladi, gaplashib to`ymaysan, ayrimlarni do`st deb o`ylaysanu, yaqinroq bilib, vijdonsizligidan qaytib yuziga qaraging kelmaydi...",-deydi u.

Shuningdek, Qodirov Kusherbaevga jiddiy e`tiroz yo`lladi.

"Lo`li vatandoshlarni tinch qo`ying Rasul Kusherbaev, "elektron dalillar"ingizga betaraf bo`lishga roziman, lekin barcha deputatlar ham siz o`ylagandek tablodagi qizil tugmaga qarab ovoz bermaydi…",-deydi deputat.

    Boshqa yangiliklar