Sal avval Afg`onistonda sodir bo`lgan zilzilada ko`plab odamlar halok bo`lganini ma`lum qilgandik. Bu tabiiy ofat O`zbekistonda ham sezilgandi. Ayni damda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yuzaga kelgan holat bo`yicha bayonot berib, afg`on xalqiga yordam ko`rsatilishini qayd etmoqda.
"Afg`onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro`y bergan zilziza oqibatida ko`plab insonlarning qurbon bo`lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O`zbekistonda chuqur qayg`u bilan qabul qilindi",-deyiladi bayonot avvalida.
"Halok bo`lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz. Shuningdek, O`zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg`onistoniston xalqiga har tomonlama yordam ko`rsatishga tayyor",-deydi vazirlik.






