AsosiyJamiyat

Ozarbayjon prezidenti matbuot kotibi armiyada birga xizmat qilgan xorazmlik quroldoshi bilan ko`rishib qoldi (video)

'Ozarbayjon prezidenti matbuot kotibi armiyada birga xizmat qilgan xorazmlik quroldoshi bilan ko`rishib qoldi (video)'ning rasmi

Ozarbayjon Prezidentining matbuot kotibi Azer Gasimov SSSR paytlarida armiyada birga xizmat qilgan xorazmlik quroldoshi Ulug`bek Matniyozov bilan ko`rishib qoldi.

Bir vaqtlar harbiy xizmatni birgalikda o`tagan do`stlar 35 yil o`tib yana uchrashdilar. Og`a-inidek bir-birini bag`riga bosib, boshlaridan kechirganlarini, xizmatdagi xotiralarini esladilar, hayoti, turmushi, ishidan so`zladilar.

Ta`kidlanishicha, bu voqea bugun Xivada, O`zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari shaharni ziyorat qilayotgan paytda sodir bo`lgani ham chuqur ramziy ma`noga ega. Shu uchrashuv ham o`zbek va ozarbayjon xalqlari do`stligining ildizlari chuqurligi, taqdirlari bir-biriga naqadar bog`lanib ketganiga yana bir misolligi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar