Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi ma`lumotlariga ko`ra, urush boshlanganidan beri sakkiz milliondan ortiq odam Ukrainani tark etgan. Bu haqda manbalarga tayanib, Zamon.uz' nashri xabar qilmoqda.
Qochqinlarning aksariyati Polshaga yo`l olgan – BMTning 21 iyundagi ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat 4 milliondan ortiq ukrainalikni qabul qildi. Qochqinlar Ruminiya, Moldova, Slovakiya, Vengriya va boshqa Evropa davlatlariga ham borgan.
BMT Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi ma`lumotlariga ko`ra, urush boshlanganidan beri Ukrainadan Rossiyaga 1,3 milliondan ortiq odam o`tgan.