1

Buxoroda 22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qildi

Jinoyat 23.06.2022, 15:30
Buxoroda 22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qildi

Buxoro shahrida 22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbir o`tkazilgan. Unda Buxoro shahri Piridastgir ko`chasida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug`ilgan J.M. o`ziga tanish bo`lgan ikki nafar o`smir yigitga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ularning har biridan 200 000 so`mdan jami 400 000 so`m pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1