Prezident qaroriga muvofiq, BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afg`oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamning tizimli asosda, markazlashtirilgan va maqsadli etkazilishini ta`minlash maqsadida "Termez Cargo Centre" MChJga Afg`oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam ko`rsatish bo`yicha xalqaro ko`p funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalqaro xabga quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklatildi:
- gumanitar yordam ko`rsatish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- gumanitar yordamni qabul qilish, saqlash va jo`natishni ta`minlash;
- yuklash-tushirish ishlari, yuklarni tashish va saqlashni o`z ichiga olgan kompleks transport-logistika xizmatlarini ko`rsatish, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga rioya etish.