AsosiyJamiyat

25 yil ichida tipratikanlar yo`q bo`lib ketishi mumkin

'25 yil ichida tipratikanlar yo`q bo`lib ketishi mumkin'ning rasmi

Ekologlarning bashoratlariga ko`ra, tipratikan populyasiyasi 2050 yilga borib yo`q bo`lib ketadi. Bu halokatli prognozga iqlim o`zgarishi sabab bo`ladi.

Ta`kidlanishicha, iliq va issiq qish tikanli hayvonlar qish uyqusining buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ular tezroq juftlashish davriga o`tib ketishadi va birinchi tipratikan bolasi yanvar oyining oxirida tug`iladi. Ammo mart va aprel oylarida qayta ko`tarilgan sovuqda tipratikan bolalari nobud bo`ladi.

Bundan tashqari, tipratikanlarning yo`q bo`lib ketishiga qishloq xo`jaligida ishlatiladigan pestisidlar ham ta`sir qiladi. Ular tufayli hayvonlar turli kasalliklarga ko`proq moyil bo`lishi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar