O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmtai xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-39° gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 40-42° gacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 35-37° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.