Davlat statistika qo`mitasi bu bilan bog`liq ma`lumotlarni e`lon qildi.
Unga ko`ra, O`zbekistonda 85 va undan katta yoshlilar doimiy aholining 0,2 % ni tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida yashovchi doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etgan.
Aholining yosh guruhlari bo`yicha ulushi quyidagicha:
- 0-4 yoshlilar — 11,1 %;
- 5-9 yoshlilar — 9,7 %;
- 10-14 yoshlilar — 8,9 %;
- 15-19 yoshlilar — 7,4 %;
- 20-24 yoshlilar — 7,5 %;
- 25-29 yoshlilar — 9,0 %;
- 30-34 yoshlilar — 8,9 %;
- 35-39 yoshlilar — 7,8 %;
- 40-49 yoshlilar — 11,8 %;
- 50-59 yoshlilar — 9,1 %;
- 60-69 yoshlilar — 6,0 %;
- 70-74 yoshlilar — 1,4 %;
- 75-79 yoshlilar — 0,7 %;
- 80-84 yoshlilar — 0,5 %;
- 85 va undan katta yoshlilar — 0,2 %.